Bugun Istanbulda sport kurashlari bo‘yicha litsenzion turnir start oladi

Bugun Turkiyaning Istanbul shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon litsenzion turniri start oladi. Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi so‘nggi turnirning ilk kunida yunon-rum kurashi ustalari bahs olib borishadi. 

Bugun kun davomida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Mahmud Baxshulloev hamda Jalgasbay Berdimuratov final bosqichi yo‘llanmasi uchun gilamga chiqadi. Ular musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi: 

-67 kg: Mahmud Baxshulloev – Dinmuhammad Koshkar (Qozog‘iston)
-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov – Gans Vagner (Germaniya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!