"Buxoro" futbolchisi gol urgan o‘yinda Tojikiston Singapurni mag‘lub etdi

  • 10 sentabr, 2023, 03:12
  • 1
  • Futbol

Tojikiston milliy terma jamoasi FIFA kunlaridpn foydalanib, safarda Singapurga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi.

Mazkur bahsda tojikistonliklar javobsiz 2 ta gol urgan holda g‘alaba qozondilar.

E’tiborlisi, uchrashuvdagi dastlabki gol muallifi “Buxoro” sharafini himoya qilayotgan Muhammadjon Rahimov hisobiga yozildi. Bu vaqtda o‘yinning endi 6-daqiqasi o‘tib borayotgandi. Ikkinchi gol esa uchrashuv oxirida 90+3-daqiqada Vaxdat Xanonov tomonidan kiritildi.

Uchrashuvda “Buxoro” a’zosi Rahimovdan tashqari, “Neftchi”da to‘p surayotgan Zoir Jo‘raboev ham ishtirok etdi hamda bellashuvni to‘liq o‘tkazdi.

Tojikiston: Dalerjon Barotov, Vaxdat Xanonov, Xolmurod Nazarov, Zoir Jo‘raboev, Tabrez Islomov, Amirbek Jo‘raboev, Abubakr Sulaymonov (Komron Tursunov, 46), Vaysiddin Safarov (Murodali Aknazarov, 90+1), Muhammadjon Rahimov (Daler Imomnazarov, 86), Parvizjon Umarboev, Nuriddin Xamroqulov (Muhammadali Azizboev, 71).

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Uzbek ligion
10/09/2023 04:34
Tojikiston termasida uzbek millatlisi qancha ekan