"Chelsi" hali 18 yoshga to‘lmagan futbolchi uchun 30 millionlik taklif yubordi

"Chelsi" yosh futbolchilarga e’tibor qaratishda davom etadi. Bu safar "aristokratlar" braziliyalik yosh futbolchi Estevao uchun 30 million evrolik taklif yubordi. 

"Palmeyras" a’zosi hisoblanadigan 17 yoshli vunderkind londonliklar safiga yozda kelib qo‘shilishi kutilmoqda. Hozircha u braziliyaliklar bilan mavsumni yakunlab qo‘yishi kutilmoqda. 

Ma’lumot uchun, Estevao 2025 yilning aprel oyida o‘zining 18 yoshga to‘lganini nishonlaydi. Joriy mavsum u barcha musobaqalar doirasida 17 ta bahsda ishtirok etdi va o‘z nomiga 6 gol va 3 assist yozdirib qo‘ydi. 

"Transfermarkt" portali hujum chizig‘ining o‘ng qanotida harakat qiladigan futbolchini 10 million evroga baholamoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!