“Chelsi” kimni qanchaga sotadi?

“Chelsi” joriy mavsumda hech kimning ishonchini oqlay olmadi. Bosh murabbiy Maurisio Pochettino yangi transferlarni amalga oshirmoqchi.

Buning uchun klub ortiqcha o‘yinchilardan qutilishi, moliyaviy feyr-pleyga amalga qilishi, yangi ijrochilar uchun joy va pul topishi kerak.

Rahbariyat ana shu maqsadda bir necha o‘yinchidan voz kechmoqchi.

Xo‘sh, “aristokratlar” kimni qanchaga sotadi?

Lyuis Xoll  —  “Nyukasl” 28 million funt to‘lashga rozi bo‘ldi;

Ian Maatsen — “Borussiya” Dortmund 35 million funt to‘lashi kutilyapti;

Trevo Chaloba — 25-30 million funtga sotiladi;

Konor Gallaxer — xaridor ko‘p futbolchi 60-65 million funtga baholanmoqda;

Mark Kukurelya — “Chelsi” qimmatga olingan o‘yinchini 40 million funtga qo‘yib yuborishga tayyor;

Romelu Lukaku —  yana bir qimmatbaho o‘yinchi bir necha baravar arzon – 25-30 million funtga sotiladi;

Kepa Arrisabalaga — eng qimmat darvozabon 15 million funtga sotiladi;

Rahim Sterling — “Chelsi” o‘ta katta maosh olayotgan yulduzni Saudiya Arabistoniga 35-40 million funtga pullamoqchi;

Armando Broya— klub tarbiyalanuvchisini 15-20 million funtga olish mumkin;

Robert Sanches — darvozabonning transferidan 30 million funt kelishi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!