“Chelsi” Pochettino bo‘yicha bir to‘xtamga keldi

“Chelsi” rahbariyati mavsum muvaffaqiyatsiz bo‘lganiga qaramay, bosh murabbiy  Maurisio Pochettinoga yana imkon beradi.

Jurnalist Ben Jeykobsning ta’kidlashicha, klub xo‘jayinlari argentinalik mutaxassis bilan hamkorlikni davom ettirishga moyil. Ular Pochettinoning faoliyatini ijobiy baholamoqda.

“Chelsi” keyingi ikki mavsumda transferlarga juda katta mablag‘ sarflaganiga qaramay, jangovar tarkib shakllantira olgani yo‘q.

So‘nggi yillarda jamoani Tomas Tuxel, Grem Potter, Frenk Lempard boshqardi, biroq kutilgan natija qo‘lga kiritilmadi. Pochettino o‘tgan yilning 29 mayida bosh murabbiylikka olib kelingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!