"Devis Kubogi". O‘zbekiston va Turkiya qarama-qarshiligida uchinchi bahs yakuniga etdi

  • 5 mart, 2022, 14:34
  • 0
  • Tennis

"Devis Kubogi" I guruh pley-off bosqichi uchrashuvlari poytaxtimizda o‘tkazilmoqda. 

Biroz avval O‘zbekiston - Turkiya qarama-qarshiligida 3-bahsda juftlik bellashuvlari o‘tkazildi. Unda vakillarimiz Sergey Fomin va Sanjar Fayziev turkiyalik tennis ustalari Altug‘ Chelikbilek hamda Erel Yankiga qarshi kortga chiqdi. 

1 soat 14 daqiqa davom etgan bahsda hamyurtlarimiz 6:2, 6:4 hisoblarida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, O‘zbekiston - Turkiya qarama-qarshiligida hisob 2:1ga o‘zgardi.

Hozircha tennischilarimiz oldinda bormoqda. Ayni payt 4-bahs davom etmoqda.  

                skren

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!