Devis Kubogi.O‘zbekiston – Turkiya qarama-qarshiligida g‘olib aniqlandi (fotogalereya)

  • 5 mart, 2022, 22:36
  • 0
  • Tennis

Xabar berganimizdek, Devis Kubogi jahon saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston hamda Turkiya terma jamoalari bahs olib bordi. Uchrashuvlar bugun nihoyasiga etdi va unda Turkiya 5 o‘yinlik seriyada zafar quchdi.

Kecha bo‘lib o‘tgan dastlabki ikki qarama-qarshilikdan so‘ng durang natija qayd etildi. E’tiborlisi, bugun ham ikki bellashuvdan keyin g‘olib jamoa nomini aniqlashning iloji bo‘lmadi. Shu bois, hal qiluvchi - beshinchi uchrashuvga murojaat qilindi.

Katta qiziqish ostida kechgan to‘qnashuvda Sergey Fomin reytingda o‘zidan ancha yuqori bo‘lgan raqibi Chem Ilkelga qarshi kortga chiqdi. Qariyb 2 soat davom etgan bahsda dunyoning 189-tartib raqam ostida saralangan tennischisi Ilkel g‘alaba qozondi. E’tirof etish joiz, vakilimiz har ikki setda raqibiga etarlicha qarshilik ko‘rsatdi va yakunda tay-breklarda imkoniyatni boy berdi. Yakuniy hisob: 7:6 (7:2), 7:6 (7:4).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!