"Dinamo" klubi oldida muammoli vaziyat

Samarqandning “Dinamo” klubi sobiq legioneri bilan muammoli masalaga duch keldi. Natijada O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi bu xususida quyidagicha xabar tarqatdi:

“O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi “FIFA Legal Potral” orqali FIFAning intizomiy departamentiga “Dinamo” futbol klubining gruziyalik futbolchi Anton Tolordava oldidagi qarzlarni bartaraf etish yuzasidan FIFA chiqargan qarorini bajarmaganligi uchun, qarorda ko‘rsatilgan sanktsiyani qo‘llashni so‘rab murojaat yo‘lladi.

Bunga javoban FIFA tomonidan Anton Tolordava oldidagi qarzdorlik to‘lanmaguncha, ushbu klubning transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni professional futbol ligasidan ro‘yxatdan o‘tkazishga ta’qiq qo‘yilganligi ma’lum qilindi”, - deyiladi bayonotda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Jamoliddin Shokirov
10/05/2024 17:14
O‘zi kim u Anton Tolardava. Dinamoga qanday naf keltirdi.