"Durang mag‘lubiyatdan yaxshiroq, biror-bir raqibni xavfli demagan bo‘lardim" - Lutfulla To‘raev

  • 12 sentabr, 2023, 11:10
  • 1
  • Futbol

Farg‘onaning “Neftchi” klubi bu yilgi mavsumni qanday o‘tkazayotganini yaxshi bilasiz. Hozirgacha eng ko‘p durang qayd etgan klub 3-o‘rinda boryapti. 18 ta uchrashuvda 8 g‘alaba va 10 duranggi bor. Mag‘lubiyati nol!

Ha, Superligada hali umuman yutqazmagan yagona klub “Neftchi” qoldi, xolos. Hech kim farg‘onaliklarning kuragini erga tekkiza olmayapti. Jamoaning maqsadi sovrindor bo‘lish. Qolaversa, o‘z darvozasidan eng oz to‘p o‘tkazgan klub ham “Neftchi”. 11 ta to‘p olib chiqqishgan xolos. Bosh murabbiy Vitaliy Levchenko esa rahbariyat hamda muxlislarning mehrini, ularning ishonchini qozona oldi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, yaqinda “Neftchi” o‘zining bosh murabbiyi bilan shartnomani yana uzaytirdi.

Shuni ham aytish kerakki, Levchenkoning maydondagi yordamchisi, uning “o‘ng qo‘li” bu bevosita jamoa sardori Lutfulla To‘raevdir. Tajribali o‘yinchi maydonda jamoasining o‘yinini nazorat qilib turadi va murabbiyning ko‘rsatmalarini bajarishda u bosh-qosh bo‘ladi. Futbolchi Sports.uz muxbirining ayrim savollariga javob qaytardi.

- Yaqinda “Neftchi” bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko shartnomasini yana uzaytirdi. Bu siz uchun kutilgan yangilikmidi yoki...

- Bu kutilgan edi. Chunki anchadan beri shartnomasini uzaytirishi borasida gap-so‘zlar yurgandi.

turaev1_1

- “Neftchi”ni Superligada hech kim yutolmayapti. Siz uchun mag‘lubiyatsiz seriyani oxirigacha saqlab qolish muhimmi yoki yutqazsa ham sovrindor bo‘lish muhimmi?

- Men uchun mag‘lubiyatsiz tugatib shu o‘rinda sovrindorlar safida bo‘lish muhim.

- Jamoaning duranglari ko‘payib ketgani nimadan dalolat? Ya’ni, bu mag‘lubiyatdan ko‘ra yaxshiroq, shundaymi?

- Bilasizmi, durang mag‘lubiyatdan ko‘ra yaxshiroq.

turaev2

- “Neftchi” uchun eng xavfli raqib kim?

- Men hozirgi vaziyatda biror-bir raqibni xavfli demagan bo‘lardim. Chunki barchasi faqat o‘zimizga bog‘liq.

- Tabatadzening ketishi jamoa uchun yo‘qotish deb o‘ylaysizmi?

- Yo‘qotish deb o‘ylamagan bo‘lardim.

turaev3_1

- Chempionatga tayyorgarlik qanday ketyapti va sport formani saqlab qolish qiyin bo‘lmayaptimi?

- Tayyorgarligimiz yaxshi, reja bo‘yicha davom etyapti. O‘rtoqlik o‘yinlarimiz bor. Oldimizda turgan o‘rtoqlik uchrashuvlari orqali 22 sentbyar kuni bo‘ladigan rasmiy bahsga jiddiy tayyorlanyapmiz. Sport formamga keladigan bo‘lsak, a’lo darajada.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Алим Ахмедов
13/09/2023 16:04
10та дурангда 20очко ундан кура 5та маглубият яхши эмасми 15та очко ёкатади