EChL. Haftaning ramziy jamoasi bilan tanishing!

Bu hafta Evropa chempionlar ligasi yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Dastlab, seshanba oqshomida PSJ - "Borussiya" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Parijliklarda bir qancha yaxshi imkoniyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa ham, 50-daqiqada Xummels boshi bilan mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, "Borussiya" so‘nggi 11 yil ichida ilk bor Chempionlar ligasi finaliga yo‘l oldi. 

Kecha esa "Real" va "Bavariya" o‘rtasidagi so‘nggi yarim final bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Dramatik kechgan uchrashuvda madridliklar 2:1 hisobida zafar quchdi. Dastlab, Devis hisobni ochgan bo‘lsa, Xoselu so‘nggi daqiqalar ichida ikki marta javob qaytardi. Shu tariqa, "qaymoqranglilar" umumiy hisobda 4:3 hisobi bilan g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. 

Ushbu haftaning ramziy jamoasi bilan tanishing!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!