EChL. "Real" - "Bavariya" o‘rtasidagi javob o‘yinini polshalik hakam boshqarib boradi

8 maydan 9 mayga o‘tar kechasi tungi soat 00:00 da Evropa chempionlar ligasi yarim final bosqichi doirasida "Real" - "Bavariya" uchrashuvi start oladi. Mazkur o‘yinni qaysi hakam boshqarib borishi ma’lum bo‘ldi. 

Unga ko‘ra, polshalik referi Shimon Martsinyak bellashuv bosh hakami etib tayinlandi. Unga qanotlarda Tomash Listkevich va Adam Kupsik assistentlik qiladi. To‘rtinchi hakam sifatida Ivan Krushliak nomi qayd etilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Myunxenda o‘tgan mazkur jamoalar o‘rtasidagi ilk to‘qnashuv jangovor 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakun topgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!