Egor Krimets - "Navbahor" futbolchisi!

  • 5 yanvar, 2022, 22:17
  • 1
  • Futbol

Selektsiya ishlarini jadal davom ettirayotgan “Navbahor” navbatdagi kelishuvni amalga oshirdi. Asosan Toshkentning “Paxtakor” klubi hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi o‘yinlari bilan muxlislar mehriga sazovor bo‘lgan tajribali himoyachi Egor Krimets 2022 yilgi mavsumda “Navbahor” sharafini himoya qiladi.

krimets

EGOR KRIMETs

Tug‘ilgan sanasi: 1992 yil 27 yanvar

Tug‘ilgan joyi: Toshkent, O‘zbekiston

Ampluasi: himoyachi

2011 yildan hozirgacha “Paxtakor” jamoasi tarkibida jami 93 marta maydonga tushib, 12 ta gol urgan. 2013, 2016 va 2017 yillarda Xitoyning “Beytszin Goan” klubida to‘p tepib, jami 46 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini bir marotaba ishg‘ol qilgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi libosida 35 marta maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
biloljon
06/01/2022 06:45
Tepadagi akalarimiz bu yil gʻirromlik bilan navbahorni chempion qilarkanda