Egor Krimets "Navbahor"dan ketdimi yoki jamoada? Klub rasmiy bayonot berdi

  • 12 may, 2022, 19:42
  • 0
  • Futbol

Bugun ommaviy axborot vositalarida mahoratli himoyachi Egor Krimetsning sog‘lig‘idagi muammolar sabab “Navbahor” bilan xayrlashganligi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Shu munosabat bilan, “Navbahor” PFK bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, Egor Krimets hamon “Navbahor” bilan birga ekanligi, faqat jarohatini davolatayotganligi tufayli mashg‘ulotlar va rasmiy uchrashuvlarda qatnasha olmayotganini bildiradi.

“Navbahor” PFK Krimetsga mustahkam sog‘lik, tezroq tarkibga qaytib, jamoa g‘alabalariga o‘z hissasini qo‘shishini tilab qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!