Endi ular “Chelsi”ga kerak emas!

“Chelsi” moliyaviy feyr-pley talablariga moslashish uchun tarkibini tozalashiga to‘g‘ri keladi. “Aristkratlar” keyingi paytda transferlarga eng ko‘p pul sarflagan jamoaga aylanib ulgurdi. Biroq kutilgan natijadan darak yo‘q.

Angliya matbuoti “Chelsi” mutasaddilari yozda qutilishga harakat qiladigan dastlabki besh futbolchi nomini aniqladi.

Noni Madueke. Joriy mavsumda boshlang‘ich tarkibda atigi to‘rt marotaba maydonga tushdi. Noni  Angliya U21 terma jamoasining so‘nggi ikkita o‘yinida uchta gol va ikkita assist muallifi bo‘lganiga qaramay, klubda ishlari yurishmayapti.

Rahim Sterling. Tajribali futbolchiga barqarorlik etishmayapti. Mashhur o‘yinchi yozda Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi kutilyapti.

Trevo Chaloba. Bosh murabbiy Maurisio Pochettino yangi yildan keyin Trevo Chalobaga imkoniyat berib ko‘rdi. Futbolchi kutilgan darajada o‘ynay olgani yo‘q.

Konor Gallaxer. Klub tarbiyalanuvchisining kelajagi ko‘p muhokama qilindi. Garchi bu o‘yinchi muxlislar yoqimtoyi hisoblansa-da, klub uni moliyaviy talablardan kelib chiqish sotib yubormoqchi.

Tyago Silva. 39 yoshli futbolchining “Stemford Brij”dagi faoliyati oxirlab bormoqda. Himoyachiga yangi shartnoma berilmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!