Evropa ligasi final juftligi bilan tanishing!

Evropa ligasining final bosqichiga ham etib keldik. Yarim finalda "Roma" - "Bayer" va "Atalanta" - "Marsel" jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. 

Alonso shogirdlari dastlabki o‘yinda hotirjamlik bilan rimliklarni taslim qilishdi. Ammo javob bellashuvida "Roma" Paredesning ikkita goli bilan "Bayer"ni mag‘lub qilish uchun ilk qadamni tashlagandi, lekin so‘nggi daqiqalarda nemislar ikkita gol bilan javob qaytarishdi. 

"Atalanta" esa "Marsel"ni musobaqadan chiqarib yubordi. Birinchi o‘yinda tomonlar durangga imzo chekkan bo‘lsa, Italiyada mehmonlar darvozasi tomon 3 ta gol urildi va Gasperini shogirdlari finalga chiqdi. 

"Bayer" - "Atalanta"

Eslatib o‘tamiz, ushbu bahs 23 mayga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!