Floyd Meyvezer aqlbovar qilmas darajada soliq to‘ladi

  • 11 fevral, 10:07
  • 0
  • Boks

Bir necha vazn toifalarida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida qancha soliq to‘lagani haqida gapirib berdi.

"Daromad solig‘i uchun 18 047 181 dollar to‘ladim. Bu nafaqaga chiqqanimda to‘lagan pulim. Tasavvur qilyapsizmi, agar men faoliyatimni davom etsam, bu mablag‘ qancha bo‘ladi”, - deb yozdi sobiq bokschi ijtimoiy tarmoqlarida.

Eslatib o‘tamiz, Floyd Meyvezer o‘zining so‘nggi rasmiy jangini 2017 yil avgust oyida o‘tkazib, ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor MakGregorga qarshi texnik nokaut bilan g‘alaba qozongan edi. Shundan so‘ng, Floyd faqat rasmiy rekord hisoblanmaydigan, ammo amerikalik yulduzga munosib daromad keltiradigan ko‘rgazmali janglarni o‘tkazmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!