FR: Fozilov nega "Buxoro" darvozasiga urilgan golni nishonlamadi?

  • 8 aprel, 2023, 15:13
  • 0
  • Futbol

Superliganing 5-tur bahslari davom etadi. Kecha "Bunyodkor" safarda "Buxoro" ustidan zafar quchdi. 2:0 hisobida yakunlangan uchrashuvga oid siz e’tibor qilmagan faktlarni keltiramiz.

photo_2023-04-07_21-03-20

1) "Buxoro" qatorasiga 10-o‘yinda ham "Bunyodkor"ni taslim qila olmadi. Umuman olganda, "cho‘l jangchilari"ning poytaxt klubi ustidan qo‘lga kiritilgan yagona g‘alabasi 2017 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda Ivan Nagaev, San’at Shixov hamda Nozim Umurovning gollari "Buxoro"ga g‘alaba keltirgan edi.

photo_2023-04-07_21-03-23 (2)

2) Ushbu mag‘lubitdan keyin "Buxoro"ning Superliga uy o‘yinlaridagi g‘alabasiz seriyasi 11taga etdi. Mazkur jamoa joriy mavsum qatorasiga 4-bahsni yutqazdi.

photo_2023-04-07_18-28-27

3) "Bunyodkor" qatorasiga 10-safar o‘yinini ham o‘z foydasiga hal qildi. "Qaldirg‘ochlar"ning mehmondagi oxirgi mag‘lubiyati o‘tgan yilning avgustida Baqoev boshchiligidagi "So‘g‘diyona"dan qabul qilib olingan edi.

photo_2023-04-08_01-29-01

4) Baqoev 12 o‘yindan beri hech qaysi jamoani yuta olmayapti. Bu 45 yoshli mutaxassis faoliyatidagi eng omadsiz seriya hisoblanadi.

photo_2023-04-07_20-54-12

5) Usmonali Ismonaliev "Bunyodkor" libosidagi 10-golini urdi. Andijonlik hujumchi "Buxoro" darvozasiga o‘tgan yili o‘tkazilgan kubok uchrashuvida ham yo‘l topgan edi.

photo_2023-04-07_21-03-19

6) Stoshich darvozasiga poytaxt klubining 2-to‘pini kiritgan Muhammadsafo Fozilov Buxoroda tug‘ilgan. 20 yoshli yarim himoyachi shuning uchun golni nishonlamadi.

7) "Buxoro"ning har o‘yiniga 8 mingdan oshiq tomoshabin kelyapti. Bu muxlislar tashrifi bo‘yicha "Navbahor" va "Neftchi"dan keyin Superliganing eng yaxshi natijasi hisoblanadi.

photo_2023-04-07_19-21-51

Faxriddin Ro‘ziev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!