Futboldan juda erta ketgan yulduzlar

  • 20 oktabr, 2023, 10:01
  • 0
  • Futbol

Futbolda porlagan yulduzlarning o‘yini doim muxlislarga zavf bag‘ishlab kelgan. Lekin qanchalar zo‘r bo‘lmasin, futbolchilar butsasini mixga iladi. Ular orasida hali ancha muddat o‘ynashi mumkin bo‘lganlari ham bor.

Quyida faoliyatini kutilganidan erta yakunlagan o‘yinchilar haqida ma’lumot beramiz.

Eden Azar

O‘tgan yoz “Real”dagi shartnomasini yakunlagan Eden Azar birato‘la faoliyatini ham tugatib yubordi.

“Chelsi” safida Angliya Premer-ligasini “yondirgan” hujumkor futbolchi “Real”da sindi. Natijada futboldan ancha erta – 32 yoshida ketdi.

Erik Kantona

O‘tgan asrning oxirida Angliya chempionatidagi eng zo‘r o‘yinchi Erik Kantona 1997 yili faoliyatini tugatdi. Hech kim kutmagan bu voqea sodir bo‘lganida u 30 yoshga to‘lgan edi.

Garet Beyl

Uelslik futbolchiga ham “Real”da o‘ynash og‘irlik qildi. Garet Beyl ham 33 yoshga to‘lganidan keyin to‘p quvib yurmaslikka qaror qildi.

Marko van Basten

Kimsan Diego Maradonaning o‘zi eng zo‘r futbolchi, deb tan olgan Marko va Basten millionlar o‘yinini 31 yoshida tark etdi.

Brayan Laudrup

Daniyalik futbolchi uch mamlakat chempionligi, Chempionlar ligasi, Evropa  chempionati va Konfederatsiyalar kubogini qo‘lga kiritgani bilan mashhur. U yashil maydonni tark etganida 31 yosh edi.

Jyust Fonten

Fonten 1958 yilgi jahon chempionatida 13 ta gol urdi. Frantsiyalik to‘purarning bu rekordini hali hech kim yangilamadi. Frantsiya terma jamoasida 21 ta o‘yinda 30 gol urgan o‘yinchi 28 yoshida butsasini mixga ildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!