Gnabri "Evro-2024"ni o‘tkazib yuborishi mumkin!

“Bavariya” vingeri Serj Gnabri Evropa Chempionlar ligasi yarim final doirasidagi "Real"ga qarshi o‘yinda jarohat olib safdan chiqdi.

28 yoshli futbolchi Madridda asosiy tarkibda maydonga chiqdi, biroq 27-daqiqada tizzasidan olgan jarohati tufayli almashtirilishiga majbur bo‘ldi. "Abendzeitung" nashri xabariga ko‘ra, Gnabrining jarohati ancha jiddiy bo‘lishi mumkin. Futbolchi joriy mavsumda "Bavariya"ning qolgan o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi, shuningdek, Germaniya terma jamoasi bilan Evropa chempionatida o‘ynashi ham so‘roq ostida turibdi. 

Ma’lumot uchun, Serj ushbu mavsumda "qizillar" bilan barcha musobaqalar bilan hisoblaganda 20 ta bellashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va sheriklariga 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Transfermarkt" portalidagi narxi 45 million evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!