Gvardiola katta gapirib qo‘ydi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer-ligasida g‘oliblik masalasida o‘z fikrini bayon qildi.

- Bir hafta qoldi: uchta o‘yin, to‘qqiz ochko va biz chempion bo‘lamiz. Olti yoki etti ochko jamg‘arsak, chempion “Arsenal”. To‘plar nisbatiga umid qilib bo‘lmaydi, durang o‘ynashga haqqimiz yo‘q.

“Arsenal” juda zo‘r va barqaror o‘ynayapti. Oldinda uchta o‘yinimiz bor va biz dastlabki ikkitasida g‘alaba qozonib, chempionlik imkoniyatini o‘z qo‘limizga olamiz, - dedi Xose Gvardiola.

Qizti shundaki, o‘tgan mavsumda ham “shaharliklar” uzoq vaqt “kanonirlar”ni ta’qib qilib, chempionat oxirida ulardan o‘zib ketgan va chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!