"Har qanday sportchi uchun namuna" - Messi faoliyatini yakunlagan Federer haqida post qoldirdi

  • 16 sentabr, 2022, 17:09
  • 0
  • Futbol

Lionel Messi tennischi Rojer Federerning faoliyatini yakunlashi to‘g‘risidagi qaroriga munosabat bildirdi. 

"Daho, tennis tarixidagi noyob o‘yinchi va har qanday sportchi uchun namuna. 

Hayotingizning yangi bosqichida omad va sizga eng yaxshilarini tilayman. Bizni tennis kortida xursand qilganingiz uchun sizni sog‘inamiz", - deya post qoldirdi argentinalik hujumchi o‘z instagram sahifasida. 

Qayd etish lozim, afsonaga aylanib ulgurgan shveytsariyalik tennischi karerasi davomida 20 bora "Katta dubulg‘a" turnirlarida g‘olib chiqqan. Shuningdek, 103 ta turli musobaqalarda chempion bo‘lgan va bu borada tarixidagi birinchi raqamli tennischi hisoblanadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!