Hikmat Ergashev: "Bu bilan hayot to‘xtab qolmaydi"

O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvida OKMK klubi o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qildi. Bu bellashuvda 2:2 hisobi qayd etildi va olmaliqliklar guruhda qolib ketdilar. O‘yindan keyin OKMK murabbiyi Hikmat Ergashev qisqacha shunday dedi:

- “Buxoro” jamoasini keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Futbolda shunday qoida bor: sen urmasang, senga urishadi. Xuddi shu holatda biz gol urishimiz kerak edi, ammo oxirgi soniyalarda gol o‘tkazib yubordik. Bu bilan hayot to‘xtab qolmaydi. Endi hamma e’tiborimizni ichki chempionatga qaratamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Сафаров Кахрамонжон
29/04/2024 22:34
Окмк 9 та еб келгандаям хеч нима узгармаган Судьяларга ишониб уйин уйнаб булмайди хакикатлар карор топяпти