Hojimat Erkinov: "Bizni stadiondan va televizor ortidan qo‘llab-quvvatlagan barcha yurtdoshlarimizga rahmat"

Osiyo kubogi 2-turidan o‘rin olgan Quvayt - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda hamyurtlarimiz 5:0 hisobida raqibdan ustun keldi. Uchrashuvdan so‘ng Timur Kapadze va bugungi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Hojimat Erkinov matbuot anjumanida ishtirok etdi. 
"Bizni stadiondan va televizor ortidan qo‘llab-quvvatlagan barcha yurtdoshlarimizga rahmat. Ularni ham g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga kelsak, birinchi bo‘limda raqib himoya yaxshi harakatlandi, zich o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda biz ko‘proq imkoniyat yaratib, hisobni yiriklashtira oldik. 

Keyingi bosqichdagi raqib haqida:
Murabbiyimiz ta’kidlaganidek, tayyorgarlikni davom ettiramiz, pley-offda kim bilan o‘ynashimiz hozirda ma’lum emas. Shu sababli bu haqida o‘ylamasdan, maqsadimiz yo‘lida davom etishimiz kerak", dedi Erkinov. 

Timur Kapadze: "Har doim birinchi o‘yinlar qiyin kechadi"

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!