Husanovni asosiy tarkibdan chiqarilgani sababi ma’lum bo‘ldi. Gap terma jamoada emas!

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Qatarda boshlanayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida ishtirok etish uchun keldi. Ko‘pchilikni kuchli klublardagi legionerlarimiz FIFAda kunlaridan tashqarida o‘tadigan turnirda qatnashmasligi xavotirga solgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda,  Umarali Rahmonaliev (“Rubin”, Rossiya), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (“Qayrat”, Qozog‘iston) kabi asosiy legionerlar qatoriga avvaliga kelishi noma’lum bo‘lib turgan Abbosbek Fayzullaev (TsSKA, Rossiya) hamda Hojimat Erkinov (“Al-Vahda”, Birlashgan Arab Amirliklari) ham qo‘shilishi hal bo‘ldi.

Hozircha, birgina Abduqodir Husanovning kelishi noma’lumligicha qolmoqda.

Kuni kecha, “Lans” o‘zbek legionerini asosiy tarkibdan chiqarib, “Mets” bilan bo‘lgan o‘yin qaydnomasiga kiritmagani va o‘rinbosarlar jamoasiga o‘tkazgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Ko‘pchilik buni Husanovning Osiyo kubogiga yo‘l olishi mumkinligi bilan bog‘lagandi.

Nufuzli manbalardan biri – lensois.com sayti eksperti  Eloiza De Mester bu masalaga oydinlik kiritdi.

“Lans B” jamoasi Frantsiya chempionatining 3-milliy divizionda g‘oliblik uchun da’vogarlik qilmoqda. “Lans”ning yosh o‘yinchilari ketma-ket beshta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd va shu uchrashuvlardan to‘rttasida g‘olib chiqdi.

Oxirgi uchrashuvda “Sent-Uan” jamoasini 1:0 hisobida yutgan lansliklar musobaqa jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

- Bu g‘alaba ham puxta tayyorgarlik natijasi. Biz har doim ham ustunlikni ushlab qola olmayapmiz. Mavsum davomida bir necha bor ana shunday holatga tushdik. Muvaffaqiyatga erishish uchun endi vaziyatni nazorat qilib turishni o‘rganishimiz kerak, - dedi jamoa bosh murabbiyi Vinsent Karle.

Vinsent Karle jamoani etakchi pozitsiyada ushlab qolmoqchi va mavsumni yuqori darajada yakunlamoqchi. Buning uchun esa, natijani saqlab qolishdagi kamchiliklarni bartaraf qilish kerak.

“Lans V”ni 20 aprel kuni o‘ta muhim uchrashuv kutib turibdi. Lansliklar shu kuni musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Shantiyi” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Bu bahsda “Lans V” oradagi uch ochkolik farqni yo‘qqa chiqarishga harakat qiladi. Abduqodir Husanov aynan ana shu to‘qnashuvda himoyani mustahkam ushlash uchun yoshlar jamoasiga o‘tkazildi. Ungacha hamyurtimiz jamoaga ko‘nikib olish uchun “Sent-Aman”ga qarshi bahsda qatnashadi.

- Abduqodir Husanov o‘rinbosarlar tarkibida shug‘ullanish uchun  katta professional hisoblanadi. O‘zbek legioneri bizga o‘z o‘yin sifati bilan o‘rnak bo‘lish uchun keldi. Bizga uning yordami asqotadi va o‘rinbosarlar ham klub uchun muhim hisoblanadi.

Markaziy himoyachi Husanov biz bilan mashg‘ulotlarda qatnashdi, uning o‘yin uslubi ham bizga mos keladi. Uning professionallar jamoasiga osonlikcha kirishib ketganini ko‘rib, bizning tarkibga moslashib olishi borasida umuman xavotirga o‘rin yo‘q, - dedi bosh murabbiyi Vinsent Karle.

Garchi “Lans” Abduqodir Husanovni yoshlar jamoasiga yordamga yuborgan bo‘lsa-da, legionerimizni Osiyo kubogiga kelib, terma jamoani Parijda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishida ko‘maklashishiga umid qilib qolamiz.

TsSKA “Lokomotiv”ni yutadi, chunki ularda Fayzullaev bor!

“Osiyo kubogi U-23”da Fayzullaevning o‘rnini kim bosadi?

Shomurodov bizga kerakmi? 

Husanov eng tezkor, Shomurodov qahramon, Yaxshiboev eng zo‘ri...

Ana xolos: Ukrainada to‘purar legionerimizni esga olishdi

Fayzullaev chempionlik, “Bavariya” va Evropaga ketish haqida gapirdi

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
13/04/2024 20:04
Алдавоти французлар, аслида Абдукодир термага бораман деганига напринцип уринбосарларга жунатишди
&
АБВГДейка
13/04/2024 18:55
Колиб кетмаса бу́лди