Jastin Forchun: "Menni Pakyao va Floyd Meyvezer o‘rtasidagi revanshdan ma’no yo‘q. Biroq..."

  • 10 fevral, 13:58
  • 0
  • Boks

Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyaoning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sobiq murabbiyi Jastin Forchun filippinlikning katta ringga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.

“Men Floyd Meyvezer bilan ikkinchi jangni ko‘rishni xohlamayman. Bu birinchi jangdan bir-ikki yil o‘tib, odamlarning xotirasida hali yangi bo‘lgan paytda uyushtirilganda ajoyib jang bo‘lardi. Men Pakyao va Terens Kroufordni bahsini ko‘rishni afzal ko‘raman. Va tbu jangda imkoniyatlarni 50/ 50 deya baholagan bo‘lardim. Menni g‘alaba qozonish uchun 50 foiz imkoniyatga ega, chunki u hali ham ajoyib sportchi va uning formaga qaytishi uchun ko‘p kuch talab etilmaydi”,- dedi Forchun Boxing News 24/7 telekanaliga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!