"JCh-2026" saralashi. Guruhdagi raqibimiz Eron Azmunning benefisiga aylangan bahsda Gongkongni taslim etdi

  • 16 noyabr, 2023, 21:28
  • 0
  • Futbol

Jahon chempionati saralashi 1-turidan o‘rin olgan Eron - Gongkong uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda forslar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Eron termasining ikki goliga ayni vaqtda "Roma" klubida to‘p tepayotgan Sardor Azmun mualliflik qildi. Shuningdek, u bitta golga assistentlik ham qildi. 

Bir golni "Portu" hujumchisi Mehdi Taremi kiritgan bo‘lsa, Ramin Rizayan ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 

Shu tariqa, 3 ochkoni qo‘lga kiritgan "fors yo‘lbarslari" to‘plar farqiga ko‘ra O‘zbekistondan 1-o‘rinni tortib oldi. Biroz avval esa O‘zbekiston milliy terma jamoamiz safarda Turkmanistonni mag‘lub etgandi - 1:3.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!