Kanselu nihoyat Gvardiola bilan bo‘lgan mojaro haqida gapirdi

Portugaliya terma jamoasi va "Barselona" klubi himoyachisi Joau Kanselu "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan bo‘lgan kelishmovchilik haqida uzoq vaqtdan so‘ng gapirib o‘tdi. 

"U men kabi kuchli shaxs. Ikkalamiz kelisha olmagan masalalar borligi haqiqat, ammo u baribir dunyoning eng yaxshi murabbiyi. 

Hayot davom etmoqda va men "Barselona"da baxtliman. Kelajakda nima bo‘lishini esa hech kim oldindan aytib bera olmaydi", - dedi portugaliyalik himoyachi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!