Kecha "Bunyodkor" bilan shartnoma imzolagan Ilyos Zeytullaev bugun ketdi...mi?

O‘zbekistonlik sobiq futbolchi Ilyos Zeytullaev kecha “Bunyodkor” klubida ish boshlagandi.

Bu borada klub matbuot xizmati xabar berib, Zeytullaev bilan shartnoma imzolanganini tasdiqlagan holda uni yordamchi murabbiy sifatida ish boshlaganini ma’lum qilib o‘tgandi. Biroq bugun boshqacha xabar chiqib qoldi.

Ya’ni, Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, kecha “Bunyodkor” bilan shartnoma imzolagan Zeytullaev bugun klubdan ketgan. Buning sababi hozircha to‘liq ochiqlanmagan va bu borada klub ham hali rasmiy ma’lumot bergani yo‘q.

U chindan ham keldiyu, ketdimi? Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!