Klopp: "Hakam buni ko‘rdimi, bilmadim"

  • 24 dekabr, 2023, 10:09
  • 0
  • Futbol

APL 18-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yin, "Liverpul" - "Arsenal" bahsi yakuniga etdi. Unda jamoalar murosa ko‘chasini tanladi - 1:1. 

Dastlab, 4-daqiqada Gabriel Magalyayns bosh bilan gol urib hisobni ochgan bo‘lsa, 29-daqiqada Muhammad Saloh qanotdan uyushtirgan reydini ajoyib zarba bilan tugatib, muvozanatni tikladi. O‘yindan so‘ng Yurgen Klopp Martin Edegorning qo‘liga to‘p tegib ketgan bahsli vaziyat haqida gapirdi.

"G‘alati vaziyat. Hakam buni ko‘rdimi, bilmayman. Ammo epizodga qarab, qanday qilib bu penalti emas deb ayta olishingizni rosti tushuna olmadim", - deya Kloppning so‘zlarini keltiradi BBC.

Eslatib o‘tamiz, 40 ochkosi bor "Arsenal" Premer-liga turnir jadvalida peshqadam bo‘lsa, 39 ochkoga ega "Liverpul" 2-pog‘onani band etib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!