Konya-2021. Azizbek Boynazarov navbatdagi medallarini qo‘lga kiritishga yaqin turibdi. Yoxud 3 nafar para suzuvchimiz finalga chiqdi!

Hozirgina Konyada bo‘lib o‘tayotgan V Islom birdamligi o‘yinlarining para suzish bahslarida 50 metrga erkin hamda 100 metrga brass usulida suzish bo‘yicha saralash bellashuvlari yakunlandi.

E’tiborlisi, 50 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha Azizbek Boynazarov hamda Abdulaziz Xayrullaev final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 100 metrga brass usulida suzish bo‘yicha bahslarda ham Azizbek Boynazarov marraga birinchi bo‘lib etib kelgan holda final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, xuddi shu yo‘nalishda yana bir hamyurtimiz – Sultonbek Nuriddinov ham saralashdan muvaffaqiyatli o‘tib, finalda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!