Krishtianu Ronaldu va Rafael Nadal bitta biznesga pul tikdi

  • 1 dekabr, 2022, 17:13
  • 0
  • Futbol

Sport olamidagi eng mashhur shaxslar Krishtianu Ronaldu va Rafael Nadal Qatardagi restoranga birgalikda sarmoya qiritdi.

"Mundo Deportivo" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ular "Tatel Group" bilan hamkorlikda Dohaning Al-Maha hududidagi restoranga katta miqdorda pul tikmoqda. 

"Tatel Group" Ispaniya, AQSh va Saudiya Arabistoni mamlakatlarida bir nechta restoranlarga ega. Kompaniyaga Ronaldu va Nadaldan tashqari boshqa sportchilar ham sarmoya kiritmoqda. Masalan, basketbolchilar Po Gazol va Rudi Fernandes, shuningdek, qo‘shiqchi Enrike Iglesias.

Krishtianu ayni paytda aynan Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida ishtirok etayotgan bo‘lsa, Nadal yangi mavsum oldidan dam olmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!