Kutib oling! Menni Pakyao yana ringga qaytmoqda. Uning bir yo‘la ikkita jangi aniq bo‘lgan

  • 20 sentabr, 2022, 14:08
  • 0
  • Boks

8 vazn toifasida sobiq jahon chempioni 43 yoshli Menni Pakyao frantsiyalik professional bokschi Xeber Zayaniga (18-0, 11KO) qarshi ko‘rgazmali jangda ishtirok etish uchun shartnoma imzoladi. Jang 2023 yil fevral oyida Saudiya Arabistonidagi Qirol Fahd arenasida bo‘lib o‘tadi.

Bu hali hammasi emas. Pakyao oldinroq korealik you tube blogger DK Yoo bilan 6 raundlik ko‘rgazmali jangda ringga chiqish borasida rasman kelishuvga erishgan. Ushbu to‘qnashuv esa 10 dekabr kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Pakyao birlashtirovchi jangda Yordenis Ugasga maglub bo‘lganidan so‘ng o‘z faoliyatini yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!