“Liverpul” etakchisini beshta klub chaqiryapti

“Liverpul”ning etakchi himoyachisi Virjil Van Deyk mavsum yakunlanganidan keyin klubni tark etishi mumkin.

Taniqli jurnalist Ekrem Konur niderlandiyalik tadribali futbolchining atrofidagi vaziyatni Evropa va Saudiya Arabistoni klublari jiddiy uzatib borayotganini ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Virjil van Deykni “Milan”, “Inter”, “Atletiko Madrid”, “Al-Hilol” va “An-Nasr” o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Van Deyk “Liverpul”da 2018 yilning yanvaridan beri to‘p tepyapti. Bu jamoa safida Virjil Angliya chempionati, Evropa Chempionlar ligasi, Angliya kubogi, Liga kubogi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Futbolchining “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yil davom etishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!