"Liverpul" Salahni 170 million evroga sotmadi!

  • 5 sentabr, 2023, 14:55
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" rahbariyati Saudiya Arabistonidan foydali taklifga qaramay, hujumchi Muhammad Salah bilan xayrlashmoqchi emas.

Insayder Rudi Galettining xabar berishicha, misrlik yulduzga asosiy da’vogar hisoblangan “Al-Ittihod” mersisaydliklarga 170 million evro taklif qilgan. Biroq, bu taklif "qizillar" tomonidan rad etildi. Shu tariqa Salah joriy mavsumda “Liverpul”da qoladi.

31 yoshli hujumchi 2017 yildan beri mersisaydliklar safida o‘ynab kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!