“Manchester Yunayted” futbolchilari Erik ten Xagdan tezroq qutilmoqchi

“Manchester Yunayted” o‘yinchilari mavsum muvaffaqiyatsiz bo‘lgani sababli bosh murabbiy Erik ten Xag ishdan olinishini kutmoqda.

Daily Mail nashrining yozishicha, klub rahbariyati 25 may kuni Angliya kubogi finalida “Manchester Siti”ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvgacha keskin qarorlar qabul qilmaydi.

Erik ten Xag Niderlandiyadagi samarali faoliyati tufayli 2022 yili Manchesterga taklif etilgan edi.

Bu mutaxassis o‘z yurtida “Gou Exel Iglz”, “Utrext” va “Ayaks”ni boshqargan. Orada ikki mavsum “Bavariya”ning ikkinchi jamoasida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!