Masvidal va Dias o‘rtasidagi boks jangi qoldirildi

  • 9 may, 23:00
  • 0
  • Boks

Xorxe Masvidal va Neyt Dias o‘rtasidagi boks jangi qoldirildi.

Ariel Xelvanining xabar berishicha, jang dastlab 2 iyunga o‘tar kechasi Inglvudda (Kaliforniya) bo‘lib o‘tishi kerak edi, endi esa Anaxaymda (Kaliforniya) 7 iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. .

Tashkilotchilar boks oqshomi UFC 302 turniri bilan bellashishni istamagani tufayli qoldirildi: 2 iyun kuni UFC kechasi bo‘lib o‘tadi va asosiy jangda Islom Maxachev va Dastin Pore engil vazn toifasidagi chempionlik uchun kurashadi.

Eslatib o‘tamiz, Masvidal va Dias 2019 yilda UFCda jang qilgan. O‘shanda Xorxe texnik nokaut evaziga g‘alaba qozonib, BMF chempionligining birinchi sohibiga aylangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!