Mavlonbek Qahhorov Turkiyaning nomdor muaytaychisiga qarshi jang qiladi

10 may kuni Tailandning Bankok shahrida katta muaytay kechasi bo‘lib o‘tadi. Ya’ni, ONE Lumpinee turniri tashkil etiladi.

Biz uchun ahamiyatli jihati, ushbu kechada o‘zbek muaytay olamining yorqin yulduzi 3 karra jahon chempioni Mavlonbek Qahhorov ham o‘zining debyut jangini o‘tkazadi. Unga Turkiyaning nomdor muaytaychisi Furkan Karabag‘ raqiblik qiladi. Mazkur jang 70,3  kg vazn toifasida bo‘lib o‘tadi. Biz esa ushbu muhim jangda yurtdoshimizga omad tilaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!