Mbapppening "Real"ga o‘tishi borasida qaynoq yangilik!

Madridning "Real" klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappe o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "qirollik klubi" hozirda Mbappe bo‘yicha rasmiy hujjatlar imzolanishini kutmoqda.

Mbappe "Real"ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tadi, chunki uning Parijdagi shartnomasi yozda tugaydi. Frantsiyalik forvard 2017/2018 yil Monako"dan transfer qilinganidan buyon PSJda o‘ynamoqda. 
25 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 43 ta gol urdi va 10 ta golga assistentlik qildi. 

Mbappening Madridga borishi klubdagi ba’zi futbolchilarning ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ya’ni "qaymoqranglilar"ning sevimlisiga aylangan Vinisius Junior yoki Rodrigo jamoani tark etishi mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!