Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi. Bunaqasi birinchi marta yuz berdi

MLS chempionatining navbatdagi turida “Inter Mayami” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Nyu-York Red Bullz” jamoasi bilan kuch sinashdi.

O‘yin 6:2 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. Ushbu bahsda Lionel Messi haqiqiy yulduz qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi. 36 yoshli hujumchi jamoasining barcha gollarida ishtirok etdi.

Messi uzoq yillik faoliyatida ilk bor bir uchrashuvda beshta golli pas uzatdi.

Argentinalik forvard assistlar borasida penta-trikni amalga oshirishdan tashqari o‘zi ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!