Messi va Ronalduning bir birini ko‘rgani “ko‘zi yo‘q”!

Futbol eksperti Jeymi Karrager Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning o‘zaro raqobati haqida fikr bildirdi.

- Ular bir biriga yutqazishni istamaydi. “Oltin to‘p” kabi nufuzli sovrinlar uchun kurash har mavsum katta raqobatni tug‘dirardi. Aslida ular o‘zaro raqobat orqali bir biriga yaxshilik qilgan. Buni faoliyatlarini tugatmaguncha his qilishmaydi.

Hozir ular o‘ynashni davom ettirar ekan, bir birini ko‘rishga “ko‘zi yo‘q”. Ular hech qachon to‘xtab, dam olmaydi, - dedi Jeymi Karrager.

Eslatib o‘tamiz, har ikki futbolchi ham Evropadagi faoliyatini yakunlab boshqa qit’larda porlayapti. Ronaldu Osiyo futbolini tanlagan bo‘lsa, Messi Amerika futboliga o‘z nomini yozdirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!