"Metallurg"ni ham, "Qizilqum"ni ham g‘alabalari 18 tadan, qolgan statistik raqamlar qanday?

Superliganing 7-turida Bekobodning “Metallurg” jamoasi Olmaliqda “Qizilqum”ni qabul qiladi. Raqib jiddiy va bu yilgi mavsumni ancha mo‘’tadil natijalar bilan boshladi. Xususan, navoiyliklar dastlabki 6 o‘yindan 8 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi.

“Metallurg” hamda “Qizilqum”ning o‘zaro to‘qnashuvlari statistikasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, jamoalar bugungacha kuchlilar safida 48 ta o‘yin o‘tkazishdi. Shularning 18 tasida “Metallurg” g‘alaba qozongan. 12 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. 18 ta o‘yinda esa “Qizilqum”ning qo‘li baland kelgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi 62:61, “Metallurg” foydasiga. Bekobodliklar bu raqibni ikki marta 4:1 hisobida yutgan (2006, 2019). “Qizilqum” esa bitta uchrashuvda po‘lat quyuvchilar darvozasiga javobsiz beshta to‘p (0:5, 2006) kiritgan.

Bekobodda mazkur jamoalar o‘rtasida kechgan 24 ta uchrashuvining 12 tasida maydon egalari g‘alaba qozongan. 6 ta uchrashuvda durang qayd etilgan. 6 ta bahsda mehmonlar yutgan. To‘plar farqi – 41:26.

"Metallurg" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!