Mourino "Bavariya"ni boshqarishi mumkin!

Myunxenning "Bavariya" jamoasi yangi bosh murabbiy qidirmoqda. Klubning amaldagi ustozi Tomas Tuxel joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi.

Jurnalist Pedro Almeydaning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, "qizillar" boshqaruviga nomzodlar ro‘yxatida taniqlik murabbiy Joze Mourino ham bor.  Portugaliyalik mutaxassis "Roma"dan ketganidan keyin ishsiz bo‘lib turibdi.

Joriy mavsumda "Bavariya" Germaniya chempionligini "Bayer"ga qo‘ldan boy berdi. Ayni paytda myunxenliklar Chempionlar ligasida g‘oliblik uchun kurashmoqda. Yarim finalning ilk uchrashuvida Tuxel shogirdlari Madridning "Real" klubi bilan durang o‘ynadi (2:2).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!