Myuller katta dovonni oshib o‘tishga yaqin!

"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller o‘ziga xos natijani qayd etishga yaqin turibdi. Germaniyalik futbolchisi Bundesliga doirasida "Xaydenxaym"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushsa, "Bavariya" libosida 700-o‘yinini o‘tkazadi.

Myunxen klubi tarixida faqat Zepp Mayer 700 dan ortiq uchrashuvda ishtirok etgan. Nemis posboni "qizillar" safida 709 ta bahsda harakat qilgan. Myullerning 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi borligini hisobga olsak, Tomas o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha "Bavariya" rekordchisiga aylanishi ehtimoli yuqori.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesligada 25 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!