"Navbahor" legioneri klubni tark etgani ma’lum qilindi

Milosh Milovich "Navbahor" jamoasini tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

"Jamoamizni chernogoriyalik 28 yoshli tajribali himoyachi Milosh Milovich tark etdi. U “Navbahor” tarkibida o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda jami 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol golga mualliflik qildi.

Milosh Milovichga “Navbahor”dagi faoliyati uchun klubimiz va muxlislar nomidan minnatdorchilik bildirib, yangi jamoasida omad yor bo‘lishini tilaymiz", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
АЛИ
08/02/2024 21:51
Гол уриш кийин булди
&
Shakhzod
08/02/2024 18:21
Gullar shahri yoqmadimi