"Navbahor" tinchimayapti! Klub endi serbiyalik hujumchini olmoqchi

  • 6 yanvar, 2022, 00:35
  • 1
  • Futbol

Joriy transfer oynasida ancha faol harakat qilayotgan "Navbahor" klubi yana bir futbolchini olish niyatida.

SPORTS.uz saytiga ma’lum qilinishicha, namanganliklar bu safar serbiyalik hujumchi Nikola Shtulichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. 20 yoshli futbolchi "Partizan" tarbiyalanuvchisi sanaladi. Nikola jamoa safida 22 uchrashuvda maydonga tushib, 1 bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan. Shuningdek, Serbiya U21 terma jamoasi hujumchisi hisoblanadi.

Avvalroq, "lochinlar" Egor Krimets vs Jamshid Iskanderov transferini e’lon qilgan edi. Voqealar rivojini saytimiz orqali kuzatib boring.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
77 77
06/01/2022 16:46
Бу йил супер лига анча кизкарлик утади