Nazorat o‘yini. OKMK Ukraina klubini mag‘lub etdi

OKMK Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida Ukrainaning "LNZ Cherkasi" klubi bilan kuch sinashdi. Keskin va shiddatli o‘tgan nazorat bellashuvida Mirjalol Qosimov shogirdlari g‘alaba qozondi. 

Uchrashuvning 20-daqiqasida raqib himoyachilarini xato qilishga undagan Kristian Barbut hujumni gol bilan yakunladi.

Ikkinchi bo‘limning so‘ngiga yaqin, aniqrog‘i 85-daqiqada Nodirbek Abdurazzoqovning standard vaziyatdan oshirgan to‘pini, jarima maydonchasi ichida turgan Azizbek Xolmurodov kuchli zarbasi bilan darvozaga aniq yo‘llab oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. 

Uchrashuv shu tariqa olmaliqiklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!