Nurxon Qurbonova Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlariga ikkinchi litsenziyasini qo‘lga kiritdi!

Kobe shahrida davom etayotgan para engil atletika bo‘yicha Jahon chempionatining navbatdagi kungi bahslari boshlandi.

Bundan biroz avval ikki nafar hamyurtimiz sovrinli o‘rinlarni egalladi. Jumladan, ayollar o‘rtasida F54 klassida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan Nurxon Qurbonova 7.48 metr natija qayd etib, delegatsiyamiz hisobiga bronza medalni qo‘shib qo‘yish bilan bir qatorda ushbu yo‘nalishda Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani ham qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Nurxon Qurbonova 2023 yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida nayza uloqtirish dasturida oltin medal hamda Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritgan edi. Shu tariqa hamyurtimiz Frantsiya poytaxtida bo‘ladigan o‘yinlarda 2 ta yo‘nalishda medallar uchun bahs olib boradigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!