OFK rasmiy sayti "Navbahor"ni chempionlik uchun da’vogar klublar qatorida e’tirof etdi!

  • 2 mart, 2022, 19:00
  • 1
  • Futbol

Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy saytida “O‘zbekiston Superligasi-2022 – e’tiborga molik 5 jihat” sarlavhasi ostida maqola chop etildi.

O‘zbekiston Superligasining yangi mavsumiga bag‘ishlangan mazkur prevyuda chempionlik uchun da’vogar klublar haqida so‘z boradi. E’tiborlisi, unda “Navbahor” ham alohida e’tirof etildi. “...Namanganning “Navbahor” jamoasi chempionlikka da’vogarlardan biri bo‘lishi mumkin. O‘tgan mavsum 6-o‘rinni egallagan jamoa bir nechta e’tiborga molik kelishuvlarga erishdi.

Jumladan, O‘zbekiston milliy terma jamoasining tajribali futbolchilari - Egor Krimets, Rustam Ashurmatov, Jamshid Iskanderov, o‘tgan mavsum AGMK safida OFK Chempionlar Ligasida qatnashgan Yovan Jokich bilan shartnoma imzoladi.
Shuningdek, Gruziya chempionatining o‘tgan mavsumida "Dinamo" Tbilisi tarkibida 16 ta gol va 8 ta samarali uzatma qayd etgan Zoran Marushich ham “Navbahor” safiga qo‘shildi. Jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayanga hamjihatlikni ta’minlash, shartnoma imzolangan futbolchilarni birlashtirish vazifasi yuklatilgan.

O‘zbekiston terma jamoasi, “Paxtakor” va “Chanchun Yatay” klublarining sobiq bosh murabbiyi kelgusi mavsumda muvaffaqiyatga erishsa, mamlakatning eng yirik futbol markazida quvonishga arzigulik ko‘plab sabablar topiladi”, - OFK rasmiy saytida chiqqan maqolada “Navbahor” haqida jumladan, shunday fikrlar bildirildi.

"Navbahor" matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Uzbek Bek
02/03/2022 19:48
Navbahor hamisha trendda bo‘lgan va bu yil eng yuqori marralarni ko‘zlashi tabiiy hol.Olg‘a!