OKMK safida yapon futbolchisi! U o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi (foto)

Bugun Olmaqlikning OKMK klubi Antaliya yig‘ini doirasida Ukrainaning “Veres” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

OKMK safida yangi futbolchi paydo bo‘ldi. Bu yaponiyalik hujumkor futbolchi Arixiro Sentoku. Uning oxirgi klubi Chernogoriyaning “Rudar” jamoasidir. 25 yoshli futbolchi hozircha ko‘rikda bo‘lib turibdi hamda “Veres”ga qarshi bellashuvda murabbiylar uni bir bo‘lim sinovdan o‘tkazdilar.

okmk yapon

Qiziqarli kechgan o‘yinda OKMK 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.  15-daqiqada Dmitro Shasta olmaliqliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Akrom Komilov hisobni tenglashtirdi. Asosiy vaqt yakunlanishiga 8 daqiqa qolganida Mikola Gayduchik “Veres”ga g‘alaba keltiruvchi golni urdi.

OKMK: Javohir Ilyosov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Akrom Komilov, Dilshod Ahmadaliev, Avaz O‘lmasaliev, Oybek Rustamov, Mirjamol Qosimov, Nodir Abdurazzoqov, Aziz Xolmurodov, Arixiro Sentoku, Xurshid G‘iyosov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Sardor Rahmonov, Dilshodbek Yoqubov, Mirziyod Mirodilov, Iskandar Businov, Eldorbek Begimov, Ulug‘bek Sunnatov, Azizbek Bahromov, Ali Abdurahmonov, Murod Ermatov, Murod Toshmatov, Baxtiyor Qosimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!