Osiyo chempionati finalini o‘zbekistonlik hakamlar boshqaradi

  • 8 noyabr, 2019, 10:38
  • 0
  • Futbol

Ayni kunlarda Tayland yashil maydonlarida qizlar o‘rtasidagi U-19 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. 

Mazkur musobaqa uchrashuvlarida hamyurtlarimiz – Edita Mirobidova hamda Zilola Rahmatova hakam sifatida faoliyat olib borishmoqda.

Hozirga qadar o‘zbekistonlik hakamlar Shimoliy Koreya – Avstraliya, Vetnam – Shimoliy Koreya, Myanma – Xitoy, Yaponiya – Xitoy hamda yarim final doirasidan o‘rin olgan Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya o‘yinlarini boshqarishdi.

Endi ertaga musobaqaning final o‘yini o‘tkaziladi. Hal qiluvchi bahsda Shimoliy Koreya – Yaponiya qarama-qarshiligi kuzatiladi.

Diqqatga sazovor jihati shundaki, final bahsini Edita Mirobidova boshqarib boradi. Zaxira hakami sifatida esa Zilola Rahmatova ish olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!